Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

«Manchester Yunayted» Sammervillga uzoq yillik shartnoma taklif qildi

«Manchester Yunayted» Sammervillga uzoq yillik shartnoma taklif qildi

Baho:
+ | -

«Vest Xem» klubining qanot hujumchisi Krisensio Sammervill faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Ushbu ma’lumotni jurnalist Nikolo Skira e’lon qildi.

Manbaning xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» niderlandiyalik futbolchiga 2031 yilga qadar mo‘ljallangan va uni yana bir yilga (2032 yilgacha) uzaytirish imkoniyati bo‘lgan mehnat shartnomasini taklif qilib ulgurgan. Shuningdek, «qizil iblislar» 24 yoshli vingerning transferi borasida «Vest Xem» klubi bilan ham muzokaralarga kirishgan.

Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda Sammervill barcha musobaqalarda jami 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Sammervillning ayni paytdagi bozor bahosi 35 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 13:09, 18.06.2026.
O'qildi: 1534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик