Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Ronaldu Jahon chempionatlarida Maldinining natijasini takrorladi

Ronaldu Jahon chempionatlarida Maldinining natijasini takrorladi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi superyulduzi Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Kongo DRga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi. Mazkur bahs kutilmaganda 1:1 hisobidagi sensasion durang bilan yakunlandi.

Opta statistika portalining xabar berishicha, 41 yoshli hujumchi uchun ushbu uchrashuv Jahon chempionatlaridagi faoliyatidagi 23-o‘yinga aylandi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Krishtianu Italiya futboli afsonasi, mashhur himoyachi Paolo Maldiniga yetib oldi.

Jahon chempionatlari tarixida portugaliyalik yulduzdan ko‘ra ko‘proq o‘yin o‘tkazgan faqat uch nafar futbolchi mavjud: germaniyalik Miroslav Kloze (24 ta o‘yin) va Lotar Matteus (25 ta o‘yin), shuningdek, ro‘yxat peshqadami — argentinalik Lionel Messi (27 ta o‘yin).

Shimoliy Amerika yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan mundialdagi navbatdagi uchrashuvini Portugaliya milliy terma jamoasi 23 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 13:16, 18.06.2026.
O'qildi: 679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик