Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Ivan Perishich to‘rtta Jahon chempionatida golli uzatma bergan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi

Ivan Perishich to‘rtta Jahon chempionatida golli uzatma bergan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasi vingeri Ivan Perishich JCH-2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Angliyaga qarshi uchrashuvda Petar Musaga golli pas yetkazib berdi.

37 yoshli Perishich 2014 yildan boshlab ketma-ket to‘rtta Jahon chempionatida o‘z jamoadoshlariga golli uzatma taqdim etib kelmoqda. Futbol tarixida (statistika yuritila boshlagan 1966 yildan beri) bunday natijaga ilgari faqat Lionel Messi erishgan edi — argentinalik yulduz hisobida 5 ta shunday mundial mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Ivanning ushbu tarixiy assistiga qaramay, «shaxmat taxtasi» vakillari gollarga boy bo‘lgan bahsda Angliya terma jamoasiga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Kiritildi: 13:41, 18.06.2026.
O'qildi: 804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик