Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

«Sevilya» «Spartak» futbolchisini sotib olmoqchi

«Sevilya» «Spartak» futbolchisini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Ispaniyaning «Sevilya» klubi Moskvaning «Spartak» jamoasi hujumchisi Manfred Ugaldega ko‘z tikmoqda. Bu haqda OrgulloBiri xabar bermoqda.

Xorijlik manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniya klubi 24 yoshli kosta-rikalik futbolchini sotib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq, Ugalde uchun 15-20 million yevro olmoqchi bo‘lgan «Spartak»ning yuqori moliyaviy talablari bunga to‘sqinlik qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, «Sevilya» buncha mablag‘ni to‘lashga tayyor, ammo butun summani bir yo‘la emas, bo‘lib-bo‘lib to‘lamoqchi. Bunday sxema esa barcha pulni birdaniga olmoqchi bo‘lgan «Spartak»ni qoniqtirmayapti.

«Sevilya» Ugaldeni tarkibni kuchaytirish uchun real variant deb hisoblaydi, biroq tavakkalchilikka qo‘l urmoqchi emas. Manbaga ko‘ra, transfer faqatgina Ispaniya klubi o‘z futbolchilarini sotishdan pul ishlab topsa yoki «Spartak» yon bosishga rozi bo‘lsagina amalga oshadi, chunki Ugaldening o‘zi Rossiyani tark etishni xohlamoqda.

2025/26 yilgi mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:53, 18.06.2026.
O'qildi: 650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик