Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Kukurelya: «Bu klubda o‘ynash — katta sharaf»

Kukurelya: «Bu klubda o‘ynash — katta sharaf»

Baho:
+ | -2

Mark Kukurelya «Chelsi»dan «Real»ga ko‘chib o‘tgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bir yarim-ikki kun ichida hamma narsa hal bo‘ldi. Bu men uchun yanada yaxshi — barchasi tez va ortiqcha bosh og‘riqlarsiz yuz berdi.

Turli variantlar bor edi, ammo «Real» varianti paydo bo‘lganida, men hatto o‘ylab ham o‘tirmadim. Menimcha, bu noyob imkoniyat. «Real»da o‘ynash — katta sharaf va ko‘plab futbolchilar bu bilan maqtana olishmaydi. Bu klubning o‘ziga xos sehri bor. Buni qanday tushuntirishni ham bilmayman. Bu kutilmagan qandaydir tuyg‘u. Menimcha, biz buni ularning tarixiy kambeklarida ko‘p bor ko‘rganmiz.

Hayotda turli bosqichlar bo‘ladi. Men muhim qaror qabul qilishim kerak edi va buning to‘g‘riligiga hech qanday shubham yo‘q. Har bir futbolchi eng yuqori darajada to‘p surishni va buyuk klublarda o‘ynashni orzu qiladi. Bolaligingda dunyoning eng yaxshi jamoalarida o‘ynashni orzu qilasan va menimcha, «Real» ana shunday jamoalardan biri. Bu Chempionlar ligasi sovrinlari eng ko‘p bo‘lgan klubdir», — dedi himoyachi El Mundo nashriga bergan intervyusida.

Kukurelya «Barselona» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Kiritildi: 15:34, 18.06.2026.
O'qildi: 1584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик