Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

Kuarejma Feliksga: «Murabbiydan seni tez-tez maydonga tushirishini so‘ra»

Kuarejma Feliksga: «Murabbiydan seni tez-tez maydonga tushirishini so‘ra»

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Rikardu Kuarejma JCH-2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan DR Kongoga qarshi o‘yindan (1:1) so‘ng, butun uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgan hujumchi Joau Feliksga murojaat qildi va bosh murabbiy Roberto Martinesni o‘yinchiga ko‘proq vaqt berishga chaqirdi.

«Senga ishonishda davom etaman, bunga shubha yo‘q. Ammo murabbiyingga ayt, seni tez-tez maydonga tushirsin. Endi ko‘ramiz, keyingi o‘yinga boshqacha kayfiyatda chiqib, g‘alaba qozona olarmikanmiz», — deya Kuarejmaning so‘zlarini keltiradi ESPN Brasil.

Portugaliya terma jamoasi «K» guruhida ishtirok etmoqda. 2-turda jamoa 23 iyun kuni O‘zbekistonga qarshi bahs olib boradi. Saudiyaning «An-Nasr» klubi sharafini himoya qiluvchi Feliks yakunlangan klub mavsumida barcha turnirlarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek, Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Kiritildi: 15:48, 18.06.2026.
O'qildi: 1198 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик