Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» himoyachisi Spens APLning boshqa klubiga o‘tishi mumkin

«Tottenxem» himoyachisi Spens APLning boshqa klubiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi qanot himoyachisi Jed Spens jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Pol Joys xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli ingliz futbolchisining xizmatlariga «Everton» qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlanishicha, «irislar» Spensni himoyaning o‘ng qanotini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rishmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Spens barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 44 ta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Himoyachining «shporlar» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchini 30 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 19:25, 18.06.2026.
O'qildi: 952 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик