Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

JCH-2026: Shveysariya Bosniya va Gersegovinani mag‘lub etdi, zaxiradan tushgan Manzambi dubl qayd etdi (Videosharh)

JCH-2026: Shveysariya Bosniya va Gersegovinani mag‘lub etdi, zaxiradan tushgan Manzambi dubl qayd etdi (Videosharh)

Baho:
+ | -

Shveysariya milliy terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Bosniya va Gersegovina terma jamoasi ustidan 4:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shveysariyaliklar tarkibida Yoxan Manzambi dubl muallifiga aylandi. 20 yoshli yarim himoyachi zaxiradan maydonga tushganidan atigi uch daqiqa o‘tib, uchrashuvning 74-daqiqasida hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqada o‘z hisobiga ikkinchi golni yozdirib qo‘ydi. Jamoaning yana bir goliga 84-daqiqada Ruben Vargas mualliflik qildi. Uchrashuvdagi yakuniy hisobni esa hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Granit Jaka penaltini aniq amalga oshirgan holda o‘rnatdi.

Bosniyaliklarning yagona golini 90+3-daqiqada Ermin Maxmich kiritdi. E’tiborlisi, Sergey Barbarez shogirdlari bahsni 10 kishi bo‘lib yakunlashdi — 80-daqiqada himoyachi Tarik Muharemovich qizil kartochka olib, maydondan chetlatilgan edi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Shveysariya (4 ochko) ikki o‘yindan keyin «B» guruhida peshqadamlikni qo‘lga oldi. Bosniya va Gersegovina esa 1 ochko bilan kvartetda uchinchi o‘rinda bormoqda.

Guruh bosqichining so‘nggi turida, 24 iyun kuni shveysariyaliklar Kanadaga qarshi maydonga tushishsa, bosniyaliklar shu kuni Qatar terma jamoasi bilan kuch sinashadilar.

SHVEYSARIYA — BOSNIYA VA GERSEGOVINA — 4:1
Gollar: Manzambi 74 (1:0), Vargas 84 (2:0), Manzambi 90 (3:0), Maxmich 90+3 (3:1), Jaka 90+7-pen (4:1).
Shveysariya: Kobel, Elvedi, Akandji, Rodriges, Vidmer (Xakes, 86), Jaka, Froyler, Ebisher (Manzambi, 72), Ndoy (Sou, 72), Embolo (Itten, 89), Rider (Vargas, 72).
Bosniya va Gersegovina: Vasil, Muxaremovich, Katich, Kolashinas, Dedich, Taxirovich (Bashich, 63), Shunich (Xadjiaxmetovich, 85), Alaybegovich (Maxmich, 90+1), Memich, Demirovich (Lukich, 85), Djeko (Bayraktarevich, 63).
Ogohlantirishlar: Elvedi (65) — Dedich (59), Jeko (61).
Chetlatish: Muxaremovich (80).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:16, 19.06.2026.
O'qildi: 1239 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик