Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Portugaliyalik futbol agenti terma jamoasining O‘zbekiston ustidan g‘alaba qozonishiga shubha bilan qaramoqda

Portugaliyalik futbol agenti terma jamoasining O‘zbekiston ustidan g‘alaba qozonishiga shubha bilan qaramoqda

Baho:
+1 | -

Portugaliyalik futbol agenti Paulu Barboza JCH-2026 doirasida Portugaliya terma jamoasining O‘zbekistonni mag‘lub eta olishiga ishonchi komil emasligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, turnirdagi ilk uchrashuvda Roberto Martines shogirdlari Kongo bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.

— Martines Bernardu Silvani o‘ng insayd pozisiyasida o‘ynatib xatoga yo‘l qo‘ydimi?
— Ha, shunday ko‘rinadi. Bernardu Silva hozir eng yaxshi holatida emas. Og‘ir mavsum o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Boshqa variantlar ham bor.

— Vitinyadan ko‘proq narsa kutilgandi?
— U nima ham qila olardi? Uning oldida faqat yon tomonga yoki orqaga uzatma berish imkoni bo‘ldi. Oldingi chiziqda Krishtianu Ronaldu o‘zini kerakli darajada taklif qilmadi, harakatlanmadi va chuqurlikdan kelgan uzatmalarga javob qaytara olmadi.

— Zaxiradan tushgan Rafael Leauning o‘yini qanday taassurot qoldirdi?
— Hozircha u ham yaxshi formada emas. Biroq u o‘yin taqdirini hal qilib yubora oladigan, farq yaratadigan futbolchi.

— Ikkinchi turda Portugaliyaning O‘zbekistonni mag‘lub etishiga ishonchingiz komilmi?
— Kechagi o‘yindan kelib chiqib aytsam, yo‘q. Men O‘zbekistonning Kolumbiyaga qarshi bahsini ko‘rdim. Menimcha, O‘zbekiston Kongodan kuchliroq. Kolumbiya haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi. Biz uchun juda qiyin bo‘ladi. Jamoa tarkibi va ayniqsa hujumdagi o‘yinni zudlik bilan o‘zgartirish kerak, — dedi Barboza.

Ma’lumot uchun, Portugaliya — O‘zbekiston uchrashuvi 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichining so‘nggi turida portugaliyaliklar Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 10:22, 19.06.2026.
O'qildi: 14488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик