Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Niko Uilyams: «Faoliyatimning yakunigacha «Atletik»da qolishga tayyorman»

Niko Uilyams: «Faoliyatimning yakunigacha «Atletik»da qolishga tayyorman»

Baho:
+ | -

Bilbaoning «Atletik» klubi va Ispaniya terma jamoasi vingeri Niko Uilyams o‘zining kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

O‘tgan va undan oldingi yillarda futbolchining «Barselona» hamda boshqa top-klublarga o‘tishi borasidagi xabarlar faol tarqalgan edi. Biroq Niko basklarga sodiq qoldi.

«Hozirning o‘zidayoq faoliyatimning oxirigacha «Atletik»da qolish haqidagi hujjatga jon deb qo‘l qo‘ygan bo‘lardim», — deya jurnalist Fabrisio Romano Uilyamsning so‘zlarini keltirmoqda.

23 yoshli futbolchining qiymati Transfermarkt portali tomonidan 40 million yevroga baholangan. Yakunlangan mavsumda Niko Bilbao jamoasi safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 15:14, 19.06.2026.
O'qildi: 693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик