Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

«Yuventus» «Real» yulduzini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi

«Yuventus» «Real» yulduzini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» yarim himoyachisi Braim Dias faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Marokashlik futbolchining xizmatlariga Turinning «Yuventus» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Diasning nomzodi turinliklar bosh murabbiyi Luchano Spallettiga shaxsan ma’qul kelmoqda. Biroq Braimning o‘zi Madridda qolishni afzal ko‘rmoqda.

Futbolchining kelajagi ko‘p jihatdan Joze Mourinyoga bog‘liq bo‘ladi. Agar portugaliyalik mutaxassis Diasga o‘z rejalaridan joy ajratmasa, u holda yarim himoyachi Italiyaga yo‘l oladi. Bordiyu «Real»ning yangi bosh murabbiyi marokashlik xavbekka ishonch bildirsa, u jamoada qoladi va asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashadi.

Kiritildi: 16:28, 19.06.2026.
O'qildi: 2186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик