Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Munyos nima sababdan «Nyukasl»ni emas, «Liverpul»ni tanlagani ma’lum bo‘ldi

Munyos nima sababdan «Nyukasl»ni emas, «Liverpul»ni tanlagani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ispaniyalik vinger Viktor Munyos «Liverpul» a’zosiga aylandi. Vaholonki, bundan bir necha hafta oldin uni sotib olish uchun asosiy da’vogar «Nyukasl» bo‘lib turgan edi.

«The Athletic» nashrining xabariga ko‘ra, «qarg‘alar» rahbariyati ushbu kelishuv muvaffaqiyatli yakunlanishiga to‘liq ishongan va «Osasuna» bilan so‘nggi detallarni kelishib olgach, transferni rasmiylashtirishni rejalashtirgan edi. Ammo mersisaydliklarning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola ishga aralashgach, vaziyat tubdan o‘zgarib ketgan.

Ma’lum qilinishicha, ispaniyalik mutaxassis Munyos bilan shaxsan bog‘lanib, unga jamoadagi roli va kelajakdagi rejalari haqida batafsil gapirib bergan. «Osasuna» klubidagilarning fikricha, aynan mana shu suhbat muzokaralarda burilish nuqtasi bo‘lgan va futbolchini «Liverpul» foydasiga qaror qabul qilishga undagan.

Bundan tashqari, moliyaviy tomon ham muhim rol o‘ynagan: «Nyukasl» futbolchi uchun 32 million yevro naqd va yana 5 million yevro bonus taklif qilgan bir paytda, «Liverpul» hech qanday ikkilanishlarsiz «Osasuna» hisob raqamiga darhol 40 million yevro o‘tkazib berishga tayyorligini bildirgan.

Kiritildi: 16:31, 19.06.2026.
O'qildi: 2215 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик