Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Balogun AQSH — Avstraliya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Balogun AQSH — Avstraliya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Baho:
+ | -

AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogun Jahon chempionati-2026 doirasida Avstraliyaga qarshi kechgan o‘yinning (2:0) eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 24 yoshli amerikalik hujumchi bahs boshida raqib darvozasi tomon xavfli uzatmani amalga oshirdi va bu vaziyat avtogol bilan yakunlandi. Shuningdek, u uchrashuv davomida sariq kartochka oldi va 90+6-daqiqada zaxiraga olindi.

AQSH terma jamoasi 6 ochko bilan «D» guruhida peshqadamlik qilmoqda va JCH-2026 pley-off bosqichi yo‘llanmasini naqd qilib ulgurgan. Avstraliya esa 3 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasini band etgan.

Guruh bosqichining 3-turida, 26 iyun kuni amerikaliklar Turkiyaga qarshi maydonga tushsa, avstraliyaliklar Paragvay bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 02:57, 20.06.2026.
O'qildi: 732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик