AQSH terma jamoasi 1930 yildan beri ilk bor jahon chempionatida ketma-ket ikkita g‘alabani qo‘lga kiritdi. Murabbiy Maurisio Pochettino jamoasi JCH-2026 2-turida Avstraliyani mag‘lub etdi (2:0). Bungacha amerikaliklar Paragvay jamoasini tor-mor etishgandi (4:1).
Bu AQSH terma jamoasi ishtirok etayotgan 12-jahon chempionatidir. Shu paytgacha ularga ketma-ket 2 ta o‘yinda g‘alaba qozonish faqat JCH-1930da nasib qilgan edi. O‘shanda guruh bosqichida Belgiya va Paragvay ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonilgan.













