Kirish Ro'yxatdan o'tish

Desham Fransiya terma jamoasi hujum chizig‘ida bitta o‘zgarish rejalashtirdi

Desham Fransiya terma jamoasi hujum chizig‘ida bitta o‘zgarish rejalashtirdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turida Iroqqa qarshi maydonga tushadi. Mundialdagi ilk o‘yinda fransuzlar Senegal ustidan g‘alaba qozonishdi (3:1). O‘shanda «uchranglilar»ning hujumkor to‘rtligidan Dezire Due, Usman Dembele, Maykl Olise va Kilian Mbappe joy olgan edi.

Jurnalist Loik Tanzining ma’lumotlariga ko‘ra, bosh murabbiy Didye Desham navbatdagi uchrashuv oldidan hujum chizig‘ida bitta o‘zgarishni rejalashtirgan: chap qanotda Duening o‘rnini «PSJ»dagi jamoadoshi Bredli Barkola egallaydi.

Startdagi turda Barkola faqatgina 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsa-da, gol urishga ulgurgan edi.

Fransiya va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 07:07, 20.06.2026.
O'qildi: 899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик