Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vinisius jahon chempionatidagi 6 ta o‘yinda 6 ta golli vaziyatda ishtirok etdi

Vinisius jahon chempionatidagi 6 ta o‘yinda 6 ta golli vaziyatda ishtirok etdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior Braziliya terma jamoasi safida jahon chempionati bahslarida hayratlanarli mahsuldorlik namoyish etmoqda.

25 yoshli futbolchi Gaitiga qarshi bugungi uchrashuvda «selesao»ning ikkita golida bevosita qatnashdi: 36-daqiqada u Mateus Kunyaga golli uzatma yetkazib bergan bo‘lsa, 45-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, Vinisiusning mundiallardagi butun faoliyati davomida to‘plagan ochkolari soni 6 ta o‘yinda «gol+pas» tizimi bo‘yicha 6 taga (3 ta gol va 3 ta assist) yetdi.

«Qaymoqranglilar» yulduzining milliy terma jamoa libosidagi barcha turnirlardagi umumiy statistikasi esa bunchalik yuqori emas — 51 ta uchrashuvda 11 ta gol va 10 ta golli uzatma.

Kiritildi: 07:31, 20.06.2026.
O'qildi: 731 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик