Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 0-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Angliya terma jamoasi JCH vaqtida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi

Angliya terma jamoasi JCH vaqtida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Xorvatiyaga qarshi o‘yindan (4:2) keyin, keyingi kuniyoq o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi, deya xabar bermoqda The Athletic.

O‘yindan so‘ng darhol Tomas Tuxel shogirdlari Dallasdan o‘z bazalari joylashgan Kanzas-Sitiga uchib ketishgan.

Ertasi kuni esa Xorvatiyaga qarshi bahsda ishtirok etmagan 13 nafar futbolchi, jumladan Din Xenderson, Kobbi Maynu va Ayvan Toni «Sporting Kanzas-Siti» klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan.

Angliya terma jamoasi MLS klubi ustidan 5:1 hisobida g‘alaba qozongan — Ayvan Toni het-trik qayd etgan bo‘lsa, Morgan Rodjers va Olli Uotkins bittadan gol urishgan.

Tuxelning hisoblashicha, ushbu qo‘shimcha yuklama futbolchilar JCH-2026 o‘yinlarida kerak bo‘lib qolgan taqdirda, ularning sport formasini lozim darajada saqlab turishga yordam beradi.

Kiritildi: 09:51, 20.06.2026.
O'qildi: 1998 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик