«Barselona» klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong Jahon chempionati doirasidagi Niderlandiya va Shvesiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs oldidan jarohat oldi.
29 yoshli futbolchi mashg‘ulot paytida jamoadoshi Kvinten Timber bilan to‘qnashib ketgan. Bu haqda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bosh murabbiy Ronald Kuman ma’lum qildi. Timberda shifokorlar miya chayqalishini aniqlashgan. «Ko‘k-anorranglilar» yarim himoyachisining bo‘lajak Jahon chempionati bahsidagi ishtiroki so‘roq ostida turibdi, «Marsel» vakili (Timber) esa uchrashuvni aniq o‘tkazib yuboradi.
Niderlandiya va Shvesiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.













