«Everton» hujumchisi Tyerno Barri «RB Leypsig» klubining qiziqishlar doirasiga tushib qoldi. Jurnalist Pol Joysning ma’lum qilishicha, Germaniya klubi 23 yoshli forvardning ehtimoliy transferi bo‘yicha «irislar» rahbariyati bilan alqachon aloqaga chiqqan.
Xabarlarga ko‘ra, Barri «Leypsig»ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib turibdi. Fransiyalik futbolchi Premyer-ligadagi debyut mavsumini o‘tkazdi va 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Biroq «Everton» o‘z futbolchisini osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas. Klub rahbariyati faqatgina jiddiy moliyaviy takliflarnigina ko‘rib chiqishga tayyor. Transfermarkt portali hujumchini 30 million yevroga baholamoqda.













