Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Senegal bosh murabbiyi Tiav Jahon chempionatida shartnomasiz ishlamoqda, unga maosh to‘lanmayapti

Senegal bosh murabbiyi Tiav Jahon chempionatida shartnomasiz ishlamoqda, unga maosh to‘lanmayapti

Baho:
+ | -

Senegal terma jamoasi JCH–2026 dagi ishtiroki fonida jiddiy tashkiliy muammolarga duch kelmoqda.

Sport News Africa nashrining xabariga ko‘ra, jamoa futbolchilari haligacha 2025 yilgi Afrika Kubogidagi ishtiroki uchun va’da qilingan bonuslarni olishmagan. Vaholanki, musobaqa uchun ajratilgan mukofot pullari, shuningdek, Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun berilgan mablag‘lar allaqachon tashkilot hisobiga kelib tushgan.

Bundan tashqari, bir nechta futbolchilar mehmonxonadagi sharoit va yashash sifatidan norozi ekanliklarini ichki suhbatlarda ma’lum qilishgan.

Shuningdek, jamoaga hamrohlik qiluvchi xodimlar uchun ajratilgan byudjet ham qisqartirilgan. Afrika Kubogida futbolchilar bilan birga bo‘lgan jamoa bosh oshpazi bu gal Jahon chempionatiga olib ketilmagan. Mehmonxonadagi taomlar sifati talabga javob bermasligi va sportchilarga mos kelmasligi sababli, ba’zi futbolchilar muntazam ravishda tashqaridan ovqat buyurtma qilishga majbur bo‘lishmoqda.

Bular hali hammasi emas: terma jamoa bosh murabbiyi Pap Tiav besh oydan beri maosh olmayapti. Uning avvalgi shartnomasi esa allaqachon yakuniga yetgan. Ayni paytda mutaxassis Jahon chempionatida umuman shartnomasiz faoliyat yuritmoqda. Senegal futbol federasiyasi esa Jahon chempionati o‘yinlarining muhimligini bahona qilib, murabbiy bilan yangi bitim imzolashni paysalga solib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Senegal Jahon chempionatidagi ilk o‘yinida Fransiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 23 iyunga o‘tar kechasi (Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da) Norvegiyaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 14:35, 20.06.2026.
O'qildi: 912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик