Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

«Tottenxem» Tonaliga muqobil variant topdi

«Tottenxem» Tonaliga muqobil variant topdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» klubi «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uorton uchun kurashga qo‘shildi. TEAMtalk nashrining xabariga ko‘ra, London klubi Sandro Tonali transferi bo‘yicha muzokaralardagi qiyinchiliklar fonida 22 yoshli xavbekni o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy harakat boshlashga tayyor.

«Shporlar» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi Iv Bissuma ketganidan so‘ng, maydon markazini kuchaytirish uchun Uortonni asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda. Ma’lum qilinishicha, klub yozgi transfer oynasida bir yo‘la uchtagacha yarim himoyachi sotib olishi mumkin.

Uortonga «Liverpul» va «Manchester Yunayted» klublari ham qiziqish bildirishda davom etmoqda, biroq aynan «Tottenxem» ushbu transfer ustida faol ish olib bormoqda. Klub rahbariyatining fikricha, ushbu kelishuv «Nyukasl» 117 million yevrodan qimmatroqqa baholayotgan Tonalini sotib olish urinishidan ko‘ra ancha realroq ko‘rinmoqda.

Bu transferdagi asosiy to‘siq «Kristal Pelas»ning pozisiyasi bo‘lib turibdi. Londonliklar o‘z yetakchilaridan biri bilan xayrlashish niyatida emaslar va hozircha da’vogarlarning hech biri bilan muzokara boshlashgani yo‘q.

Yakunlangan mavsumda Uorton asosan tayanch yarim himoyasi zonasida harakat qilib, 53 ta o‘yinda maydonga tushdi, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Transfermarkt» portali futbolchini 70 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 17:17, 20.06.2026.
O'qildi: 1126 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик