Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

“Manchester Yunayted” yarim himoyani kuchaytirish uchun 100 mln funt ajratdi

“Manchester Yunayted” yarim himoyani kuchaytirish uchun 100 mln funt ajratdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yozgi transferlar oynasi vaqtida yarim himoya chizig‘ini tubdan kuchaytirishni maqsad qilgan. Buning uchun rahbariyat 100 million funt sterlingdan (taxminan 116 million yevro) ortiq mablag‘ ajratishga tayyor.

Fichajes nashrining xabar berishicha, jamoa skautlari ayni paytda Angliya Premyer Ligasining uch nafar futbolchisi — “Brayton” a’zosi Karlos Baleba, “Bornmut” futbolchisi Aleks Skott hamda “Vest Hem” vakili Mateush Fernandeshni faol kuzatib bormoqda. Klub rahbariyati ushbu o‘yinchilarni yangi mavsum oldidan markaziy chiziqdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun asosiy nomzodlar sifatida ko‘rmoqda. Biroq, “qizil iblislar” byudjetni to‘g‘ri taqsimlash maqsadida yuqoridagi uchlikdan faqat ikki nafarini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.

Shuningdek, jamoa nafaqat yarim himoya, balki himoya chizig‘ini ham kuchaytirishni maqsad qilgan. Avvalroq “mankunianliklar” rahbariyati “Nyukasl” a’zosi Lyuis Holl hamda “Fulhem” himoyachisi Entoni Robinsonni faol kuzatib borayotgani va ular bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda “Manchester Yunayted” Angliya Premyer Ligasida 38 uchrashuv o‘tkazib, 71 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi. Chempionlik esa 85 ochko to‘plagan Londonning “Arsenal” jamoasiga nasib etgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:56, 20.06.2026.
O'qildi: 2650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик