Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Jeyms Kukurelyaning «Real»ga o‘tgani haqida fikr bildirdi

Jeyms Kukurelyaning «Real»ga o‘tgani haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» himoyachisi Ris Jeyms jamoadoshi Mark Kukurelyaning klubni tark etgani haqida nimalar deb o‘ylashini so‘zlab berdi.

Ispaniyalik himoyachi yangi mavsumdan boshlab Madridning «Real» klubi sharafini himoya qiladi. La Liga grandi 27 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolanganini hafta boshida rasman e’lon qilgan edi.

«Men Kukurelya bilan bir necha kun oldin gaplashdim. Mark o‘z pozisiyasida dunyoning eng yaxshilaridan biri hisoblanadi, biroq bu futbol — o‘yinchilar doimiy ravishda kelishadi va ketishadi. Uning ketganidan juda afsusdaman, lekin unga kelajakdagi faoliyatida faqat eng yaxshi tilaklarni tilab qolaman», — deya «talkSPORT» nashri Jeymsning so‘zlarini keltiradi.

Mark Kukurelyaning transfer bahosi bonuslar bilan birgalikda 60 million yevroni tashkil etmoqda. Chap qanot himoyachisi 2022 yildan buyon «ko‘klar» sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

Kiritildi: 10:17, 21.06.2026.
O'qildi: 828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик