Kirish Ro'yxatdan o'tish

«RB Leypsig» «PSJ» Diomande uchun «Liverpul»dan ko‘proq mablag‘ taklif qilishini kutmoqda

«RB Leypsig» «PSJ» Diomande uchun «Liverpul»dan ko‘proq mablag‘ taklif qilishini kutmoqda

Baho:
+ | -

Germaniyaning «RB Leypsig» klubi «Liverpul» va «PSJ» jamoalari jiddiy da’vogarlik qilayotgan vinger Yan Diomandeni sotishga shoshilmayapti.

Angliya grandi bu borada ancha qat’iy qarorga kelgan va 19 yoshli porloq yulduz uchun allaqachon 100 million yevro taklif qilib ulgurgandi, biroq nemislar buni rad etishdi. Bild nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Leypsig klubi rahbariyati parijliklar ulardan ko‘ra ancha foydaliroq va kattaroq moliyaviy shartlar taklif qilishini kutmoqda. «Qizil buqalar»ning talabi esa o‘zgarishsiz qolmoqda — ular ivuarlik iqtidor egasini kamida 120 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Hozirgi vaqtda «PSJ» Diomandening vakillari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazib bo‘lgan, biroq «RB Leypsig» klubiga hali rasmiy so‘rov yuborilgani yo‘q. «Liverpul» esa, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin soatlar ichida nemislarga ikkinchi, yaxshilangan taklifni yuborish niyatida.

Kiritildi: 12:03, 21.06.2026.
O'qildi: 1207 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик