Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

Kuman pley-offdagi raqib haqida: «Braziliya va Marokash o‘rtasida hech qanday farq ko‘rmayapman»

Kuman pley-offdagi raqib haqida: «Braziliya va Marokash o‘rtasida hech qanday farq ko‘rmayapman»

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman 1/16 final bosqichida o‘z jamoasi uchun qaysi raqib qulayroq ekanligini tanlay olmadi.

«Uchar gollandlar» JCH–2026 guruh bosqichi ikkinchi turida Shvesiya terma jamoasini 5:1 hisobida tor-mor etishdi va bu orqali musobaqaning pley-off bosqichi yo‘llanmasini amalda naqd qilishdi. Katta ehtimol bilan, «olovranglilar»ning 1/16 finaldagi raqibi yo Braziliya, yoki Marokash terma jamoasi bo‘ladi.

«Braziliya yoki Marokash? Menda hech qanday tanlov yo‘q. Ushbu jamoalardan biri ikkinchisidan sezilarli darajada kuchli deb ayta olmayman. Ular guruhdagi o‘zaro o‘yinda ham bejiz durang (1:1) o‘ynashmadi. Marokash birinchi bo‘limda ajoyib harakat qilgan bo‘lsa, Braziliya ikkinchi bo‘limda faollik ko‘rsatdi», — deya The Touchline nashri Kumanning so‘zlarini keltiradi.

Hozirda Niderlandiya o‘z guruhida 4 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va urilgan gollar evaziga Yaponiyani ortda qoldirmoqda. Kuman shogirdlari guruhdagi so‘nggi o‘yinni 26 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da Tunisga qarshi o‘tkazishadi. Braziliya va Marokash ham o‘z kvartetlarida 4 tadan ochko jamg‘arishgan, biroq to‘plar nisbati yaxshiroq bo‘lgani tufayli Janubiy amerikaliklar jadvalda birinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Kiritildi: 12:07, 21.06.2026.
O'qildi: 901 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик