Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Juliani JCH-2026 haqida: "AQSH ajoyib va xavfsiz turnir o‘tkazishga harakat qilmoqda"

Juliani JCH-2026 haqida: "AQSH ajoyib va xavfsiz turnir o‘tkazishga harakat qilmoqda"

Baho:
+ | -

Oq uy ishchi guruhi va JCH-2026 tashkiliy qo‘mitasi rahbari Endryu Juliani AQSH barcha mehmonlar xavfsizligini ta’minlash va ularda ijobiy taassurotlar qoldirish uchun bor kuchi bilan harakat qilayotganini ma’lum qildi.

«Biz odamlar o‘zlarini aziz mehmondek his qiladigan va Jahon chempionatidan zavq oladigan mana shunday ajoyib futbol turnirini o‘tkazishni istaymiz. Bunda biz nafaqat AQSH fuqarolari, balki bu yerga tashrif buyuradigan barcha xalqaro mehmonlarning xavfsizligi haqida qayg‘uramiz.

Shuni aytishim mumkinki, maxsus xizmatlarimiz yil boshidan buyon ishni kuchaytirishgan. Biz har soatda aloqada bo‘lib turibmiz. Ammo ayni paytda hech qanday tasdiqlangan tahdidlar mavjud emas. Hammasi rejadagidek ketmoqda. Maydondagi go‘zal o‘yinni kuzatish juda yoqimli bo‘ldi, hozirda asosiy suhbat mavzusi ham aynan mana shu, bu esa ajoyib. Menimcha, bu Amerikaning 250 yillik yubileyini o‘ziga xos tarzda nishonlashdir va Jahon chempionati ushbu bayramning bosh durdonasiga aylandi», — dedi Juliani.

Kiritildi: 13:20, 21.06.2026.
O'qildi: 708 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик