Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Shlotterbekning «Real»ga ehtimoliy transferi jarohat tufayli barbod bo‘lishi mumkin

Shlotterbekning «Real»ga ehtimoliy transferi jarohat tufayli barbod bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi va Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Niko Shlotterbek Madridning «Real» klubi transfer maqsadlaridan biri bo‘lib turibdi. «Qaymoqranglilar» futbolchi uchun 50–60 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lash variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Biroq, manbaning ta’kidlashicha, 26 yoshli futbolchining JCH-2026 guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Kot-d'Ivuarga qarshi o‘yinda (2:1) orttirib olgan to‘piq jarohati ushbu ehtimoliy transferning barbod bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Kot-d'Ivuar bilan o‘yindan so‘ng Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Shlotterbekning to‘piq bo‘g‘imidagi medial kollateral boylamlari shikastlangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.

Kiritildi: 16:12, 21.06.2026.
O'qildi: 1026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик