«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti Turkiya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so‘ng yarim himoyachi Kenan Yildizni qo‘llab-quvvatladi, deb xabar beradi Tuttosport.
Manbaning xabariga ko‘ra, Spalletti futbolchiga dalda berish uchun u bilan telefon orqali gaplashgan. Murabbiy futbolchiga ta’til olishni, yaqinlari bilan birga bo‘lishni va nafaqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan ham to‘liq tiklanib olishga imkon berishni maslahat bergan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Kenan Yildizning hakamning yakuniy xushtagidan so‘ng ko‘z yoshlarini tiya olmagani aks etgan video keng tarqalgan edi.













