Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Beyl Anchelottining «Real» darajasidagi klublarda nimaning hisobiga muvaffaqiyatga erishishini aytdi

Beyl Anchelottining «Real» darajasidagi klublarda nimaning hisobiga muvaffaqiyatga erishishini aytdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq hujumchisi Garet Beyl italiyalik murabbiy Karlo Anchelottining nima uchun top-klublarda muvaffaqiyat qozonishga qodirligi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi. Anchelotti «qaymoqranglilar»dan tashqari «Milan», «Bavariya», «Chelsi», «Yuventus» va «PSJ» klublarini ham boshqargan.

«Karlo — shunchaki ajoyib murabbiy. U psixologiyani va futbolchilarga bo‘ladigan bosimni juda yaxshi tushunadi. U o‘yinchilar bilan shunday munosabat o‘rnatadiki, ular murabbiy haqiqatan ham g‘amxo‘rlik qilayotganini his qilishadi. Ba’zan futbolchilar yaxshi sport formasida bo‘lishmaydi, lekin Karlo ularni qanday qo‘llab-quvvatlashni va ruhlantirishni biladi.

Madridning «Real»i kabi katta klubda futbolchilarni shunchaki shug‘ullantirish shart emas. U yerda egoni boshqara bilish kerak. Mana shuning uchun ham u eng yirik klublarda bunchalik muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda», — deya Beylning so‘zlarini keltiradi The Athletic.

Kiritildi: 16:18, 21.06.2026.
O'qildi: 1459 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик