Eron terma jamoasi darvozaboni Alireza Beyranvand 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati G guruhi 2-turida Belgiyaga qarshi o‘yinning (0:0) eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi.
Mazkur bahsda tajribali golkiper yettita seyv amalga oshirib, jamoasini gol o‘tkazib yuborishdan saqlab qoldi.
Beyranvand Eron terma jamoasi safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U avval ham 2018 va 2022 yilgi jahon chempionatlarida ishtirok etgan.
Ushbu durangdan keyin G guruhida Belgiya va Eron hisobida ikkitadan ochko bor. Yangi Zelandiya hamda Misrda esa bir ochkodan mavjud bo‘lib, ular o‘zaro 22 iyun kuni bahs olib boradi.
3-turda Belgiya Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushsa, Eron Misr bilan kuch sinashadi. Ikkala uchrashuv ham 27 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.













