Turkiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fotih Terim milliy jamoaning omadsiz ishtirokiga nisbatan bosiqroq munosabatda bo‘lishga chaqirdi va inqiroz davrida qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.
«Iltimos: kelinglar, buni to‘g‘ri yo‘l bilan amalga oshiraylik. Kelinglar, o‘zimizni katta jamoalar va katta davlatlardek tutaylik. Ular ham yutqazishadi, ammo mag‘lubiyatdan so‘ng juda tez o‘rnidan turishni bilishadi — bu eng muhim farqdir. Bu o‘yin, albatta, tanqid va tahlil qilinadi, mening yagona iltimosim — qattiqqo‘l va vayronkor bo‘lmaslikdir. Aynan ular bizni shu yerga olib kelishdi va ertaga biz ulardan yana ko‘p narsani kutamiz», — deb bayonot berdi Terim.
Turkiya jahon chempionatidagi ikkala o‘yinida ham mag‘lubiyatga uchradi va pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.













