Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Valeriy Kechinov: «O‘zbekiston Portugaliyaning asabini buzishi mumkin»

Valeriy Kechinov: «O‘zbekiston Portugaliyaning asabini buzishi mumkin»

Baho:
+ | -

«Spartak» klubining sobiq futbolchisi Valeriy Kechinov 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasining imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

— O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etayotgani sizda qanday hissiyot uyg‘otmoqda?

— Bu yerda ikki xil fikr bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston uchun bu ulkan yutuq. Bu natijaga hissa qo‘shgan barcha insonlar maqtovga loyiq, — dedi Kechinov.

Sobiq futbolchi terma jamoada yetakchilar borligini tan olgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonning asosiy kuchi jamoaviy o‘yin ekanini ta’kidladi.

— Bu jamoada faqat bir yoki ikki nafar futbolchini ajratib ko‘rsatish qiyin. O‘zbekistonning eng katta ustunligi — uning jamoa sifatida kuchli ekani. Albatta, Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanov kabi yetakchilar bor, ammo boshqa iqtidorli futbolchilar ham yetarli, — dedi u.

Kechinov Portugaliya va Kongo DR uchun O‘zbekistonga qarshi bahslar oson kechmasligiga ishonishini bildirdi.

— Portugaliya va Kongo uchun O‘zbekistonga qarshi o‘yinlar yengil sayr bo‘lmaydi. Ayniqsa, Portugaliya ham bundan mustasno emas. O‘zbekiston kamida portugaliyaliklarning asabini ancha buzishi mumkin, — deya qo‘shimcha qildi sobiq yarim himoyachi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 16:12, 22.06.2026.
O'qildi: 1421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик