Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Jiru: «Argentina futbolchilari maydonda u uchun o‘lishga ham tayyor»

Jiru: «Argentina futbolchilari maydonda u uchun o‘lishga ham tayyor»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Olivye Jiru Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi hal qiluvchi rolini ta’kidlab o‘tdi.

Argentina JCH-2026 guruh bosqichi dastlabki ikki turida Jazoir (3:0) va Avstriyani (2:0) mag‘lub etib, muddatidan avval pley-offga yo‘l oldi. Messi o‘z milliy jamoasining barcha 5 ta goliga mualliflik qildi.

«Lionel Messi atrofiga shunday futbolchilarni to‘plaganki, ular maydonda faqat uni izlashadi. Ular u uchun o‘ynashadi va bu ular uchun ulkan sharafdir. Ular Messini juda hurmat qilishadi, u bilan birga to‘p surish ular uchun katta baxt. Ular maydonda u uchun o‘lishga va yana bir bor jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun borlarini berishga tayyor. Uning roli har qachongidan ham muhimroq.

Yoshi o‘tgani sari Messi borgan sari yaxshilanib bormoqda. Ikkita o‘yinda Argentina terma jamoasi uchun beshta gol, u yagona to‘purar bo‘lib turibdi. Messi doim kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo‘ladi. U o‘yinni yaratish va uning borishini belgilab berish uchun voqealar markazida bo‘ladi», – dedi Jiru.

Kiritildi: 09:02, 23.06.2026.
O'qildi: 1209 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик