Italiyaning «Milan» klubi sobiq futbolchisi Tijani Reynders Angliya chempionatidagi unchalik muvaffaqiyatli chiqmagan mavsumdan so‘ng «rossoneri»ni iliq xotiralar bilan yodga oldi. Italiyaning «La Gazzetta Dello Sport» nashriga bergan intervyusida u «Milan» bilan qalban bog‘lanib qolganini aytib o‘tdi.
«Men «Milan» bilan bog‘langanman, u abadiy mening yuragimda qoladi. Men klubda ikkita ajoyib yilni o‘tkazdim va juda ko‘p narsani o‘rgandim. Ham futbolchi, ham inson sifatida. Bu ikki yilni hech qachon unutmayman», — deya Reyndersning so‘zlarini keltiradi «pianetamilan.it».
Eslatib o‘tamiz, Tijani Reynders 2023 yildan 2025 yilgacha «Milan» safida to‘p surgan, shundan so‘ng «Manchester Yunayted»ga ko‘chib o‘tgan edi.













