Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Roberto Martines: «Ronaldu o‘rnak bo‘ladigan namuna, u sardordek munosabat bildiradi»

Roberto Martines: «Ronaldu o‘rnak bo‘ladigan namuna, u sardordek munosabat bildiradi»

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronalduning jamoa o‘yinidagi o‘rni, shuningdek, futbolchining JCH-2026 doirasidagi Kongo DR (1:1) bilan o‘yindan keyingi tanqidlarga qanday munosabat bildirgani haqida gapirdi.

– Tanqidlar jarayonida barchaning nigohi Krishtianu Ronalduga qaratiladi. Ayni paytda sardorga qanday baho berasiz?

– U o‘rnak bo‘ladigan namuna. U sardor. U sardordek munosabat bildiradi. Ulkan tajribaga ega. Bu barchamizga asqotadi. Biz terma jamoa sharafini 21 mavsumdan beri himoya qilib kelayotgan inson haqida gapiryapmiz. Unda doimiy ravishda o‘z ustida ishlashga bo‘lgan aqlbovar qilmas intilish va jamoaga yordam berish istagi bor. U kiyinish xonasida ham boshqalarga namunadir.

– Krishtianu himoyachilar orasida harakat qilganda jamoa o‘yiniga nimalar kiritasiz?

– Biz to‘pga egalik qilishni va uni tezda qaytarib olishni xohlaymiz. To‘p o‘zimizda bo‘lganda esa, raqib jarima maydonchasiga qanday yorib kirishni tushunishimiz kerak. Bizga esa bo‘sh hududlarni yaratib beradigan o‘yinchi kerak. Krishtianu buni qoyilmaqom uddalaydi, statistika ham buni tasdiqlaydi. U ikona. Harakatlari, bo‘sh hudud yaratishi... U bizning strategiyamizdagi so‘nggi yetishmayotgan elementdir, – dedi Roberto Martines O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi ikkinchi tur o‘yinidan oldingi matbuot anjumanida.

Kiritildi: 15:02, 23.06.2026.
O'qildi: 1044 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик