Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Keyrush: «Himoyalanish kerak bo‘lganda – himoyalanasan»

Keyrush: «Himoyalanish kerak bo‘lganda – himoyalanasan»

Baho:
+ | -

Gana terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush JCH-2026 doirasidagi Angliyaga qarshi o‘yin (0:0) yakunlarini sarhisob qildi.

«Birinchi maqsadga erishildi, biz keyingi bosqichga chiqdik. O‘yin davomida futbolchilarimiz qanday kurashgani va rejaga qanday amal qilgani bilan juda faxrlanaman. Ular doimo ishonchni saqlab qolishdi.

Mening kamtarona fikrimcha: Angliya jahon chempionatida g‘alaba qozonishga da’vogar bo‘lishi mumkin. Bu muxlislarimiz uchun sovg‘adir. Biz yo‘qotgan futbolchilarga sovg‘a.

G‘alabaga olib boradigan yo‘l shunday: himoyalanish kerak bo‘lganda – himoyalanasan. Ular rok-n-roll o‘ynayotganda men samba ijro etolmayman. Maqsadimiz birinchi bo‘limni Angliya terma jamoasini boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yadigan tarzda yakunlash edi, toki ular bizni qanday mag‘lub etish chorasini topa olishmasin. Aynan o‘shandan keyin biz o‘yinimizni kuchaytirib, bahsni nazorat qila boshladik. Gol urishimiz mumkin edi, ammo, afsuski, ura olmadik. Menimcha, Angliya ham gol urishi mumkin edi, shuning uchun durang – adolatli natija», — deb ta’kidladi Keyrush.

Kiritildi: 13:00, 24.06.2026.
O'qildi: 676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик