Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya 1-1 Misr
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Alvares «Atletiko» borasida bir qarorga keldi

Alvares «Atletiko» borasida bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

Argentinalik hujumchi Xulian Alvares kelajakdagi rejalarini belgilab oldi. Jurnalist Gaston Edulning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, hujumchi shu yozda Madridning «Atletiko» klubini tark etishga uzil-kesil qaror qilgan.

Xulian Kataloniyaning «Barselona» klubiga o‘tishning iloji bo‘lmagan taqdirda ham, klubini o‘zgartirish niyatida. Argentinalik futbolchi o‘z kuchini boshqa loyihada sinab ko‘rishni xohlamoqda. Avvalroq hujumchining faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan variantlar orasida Londonning «Arsenal» klubi ham borligi xabar qilingan edi.

26 yoshli argentinalik futbolchi «matraschilar» safida 2024 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan, bozor qiymati esa 100 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 13:57, 24.06.2026.
O'qildi: 2607 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик