Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

JCH-2026 pley-offiga chiqqan 9 ta terma jamoa ro‘yxati

JCH-2026 pley-offiga chiqqan 9 ta terma jamoa ro‘yxati

Baho:
+-1 | -

AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionati qizg‘in pallasiga kirmoqda. Musobaqaning «V» guruhida bahslar yakunlanib, unda mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan Shveysariya hamda Kanada terma jamoalari pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Shu tariqa, ayni paytga kelib dunyo birinchiligining keyingi bosqichiga yo‘l olgan jamoalar soni 9 taga yetdi. Pley-off yo‘llanmasini naqd qilgan terma jamoalar ro‘yxati quyidagicha:

  • Meksika

  • Shveysariya

  • Kanada

  • AQSH

  • Germaniya

  • Fransiya

  • Norvegiya

  • Argentina

  • Kolumbiya

Payshanba tongiga qadar mundialda 1/16 final bosqichining yana bir nechta yo‘llanmalari egalari aniqlanadi. Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati ishtirokchilari soni 32 tadan 48 taga ko‘paytirilgani sababli, musobaqa tarixida ilk bor guruh bosqichidan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/16 final bahslari start oladi.

Ma’lumot uchun, amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. «Albiseleste» 2022 yili Qatarda o‘tgan finalda Fransiyani mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqqan edi.

Kiritildi: 02:52, 25.06.2026.
O'qildi: 1900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик