Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Palestraning «Chelsi»da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Palestraning «Chelsi»da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Atalanta» klubi himoyachisi Marko Palestra Londonning «Chelsi» jamoasiga o‘tishga juda yaqin turibdi.

Taniqli jurnalist Luka Cherkionening xabar berishicha, futbolchining London klubidagi birinchi mavsumdagi ish haqi haftasiga 100 ming funt sterlingni tashkil qiladi. Agar «ko‘klar» yangi — 2026/27 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olishsa, italiyalik himoyachining maoshi avtomatik tarzda haftasiga 140 ming funt sterlinggacha ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, Marko Palestra yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumni ijara asosida «Kalyari» safida o‘tkazdi. Futbolchi asli «Atalanta» klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va bergamoliklar bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnomaga ega. Palestra ortda qolgan mavsumda «Kalyari» libosida barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 03:33, 25.06.2026.
O'qildi: 1178 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик