Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Baena Alvaresning ehtimoliy ketishi haqida: "Agar ketishga urinsa, uni shaxsan o‘zim zanjirband qilib qo‘yaman"

Baena Alvaresning ehtimoliy ketishi haqida: "Agar ketishga urinsa, uni shaxsan o‘zim zanjirband qilib qo‘yaman"

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi futbolchisi Aleks Baena Xulian Alvaresning jamoani tark etish istagi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Argentinalik forvard shu yozda "matraschilar" safini tark etish niyati borligini oshkora ma’lum qilgan edi. Mish-mishlar esa anchadan beri futbolchini "Barselona"ga o‘tishi bilan bog‘lab kelmoqda.

"Balkim u eng yaxshi mavsumini o‘tkazmagani uchun o‘zini baxtsiz his qilayotgandir. Agar u ketishga urinsa, uni shaxsan o‘zim zanjirband qilib qo‘yaman. Men ham o‘tgan mavsumdan unchalik mamnun emasman, lekin shu yerda qolmoqchiman, chunki "Atletiko"ni, muxlislarimizni, stadionni, murabbiylar shtabini, jamoadoshlarimni va bu shaharni yaxshi ko‘raman. Agar bunga klub nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, men hech qachon bunday muhim o‘yinchini asosiy raqobatchilardan biriga sotmagan bo‘lardim. Men ham Xulianning qolishini istayman", — deya Baenaning El Partidazo de COPE nashriga bergan intervyusidan iqtibos keltiradi manba.

"Atletiko" Alvares bo‘yicha muzokaralar olib borishni rad etmoqda, biroq mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, "Barselona" yangi taklif tayyorlamoqda.

Kiritildi: 19:27, 25.06.2026.
O'qildi: 1088 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик