Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Alvares "Barselona"ga o‘tish borasida Messi bilan maslahatlashmoqda

Alvares "Barselona"ga o‘tish borasida Messi bilan maslahatlashmoqda

Baho:
+ | -

Xulian Alvares "Barselona"ga o‘tishni istamoqda. Kataloniyaliklar argentinalik futbolchini shu yozda sotib olishga harakat qilishadi, biroq "Atletiko"ning qat’iy pozisiyasi tufayli bu kelishuvni amalga oshirish juda qiyin bo‘ladi. Madridliklar "ko‘k-anorranglilar"ga Alvares transferi uchun shartnomada belgilangan tovon pulini to‘lashlari kerakligini ma’lum qilib ulgurishdi, bu esa, hazil emas, naqd 500 million yevroni tashkil etadi.

Bu orada Xulian Alvares Lionel Messi bilan ko‘p muloqot qilmoqda. Jurnalist Ernan Kastilyo xabar berishicha, Alvares yaqin orada Kataloniyaga ko‘chib o‘tishdan umid qilgan holda, Barselonadagi hayot tarzi borasida Messi bilan maslahatlashmoqda.

Hozirgi vaqtda Alvares va Messi Argentina terma jamoasi ixtiyorida, Jahon chempionatida ishtirok etishmoqda.

Kiritildi: 19:32, 25.06.2026.
O'qildi: 2728 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик