Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar 1-2 Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

Militao Anchelotti haqida: «U juda dono inson»

Militao Anchelotti haqida: «U juda dono inson»

Baho:
+ | -

Himoyachi Eder Militao Jahon chempionati pley-off bosqichi boshlanishidan oldin Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining ishini yuqori baholadi. U Anchelotti sekin-asta optimal o‘yin modelini topdi deb hisoblaydi.

«Kelgan paytidan boshlab u turli taktik sxemalar va har xil o‘yinchilarni sinab ko‘rdi. Hozirda jamoa tobora u uchun klassik bo‘lgan 4-3-3 sxemasiga o‘tmoqda. Marokashga qarshi dastlabki o‘yinda biz maydon markazini boy bergandik, ammo keyin u hamma narsani tuzatishga muvaffaq bo‘ldi.

U juda dono inson, o‘yinni a’lo darajada ko‘ra oladi, futbolchilarni ko‘p tinglaydi va ular bilan fikr almashadi. Bu juda muhim. Futbolchilar ichkaridan turib murabbiy doim ham ko‘ra olmaydigan narsalarni payqashlari mumkin. Hatto «Real»da ham tanaffus paytida u o‘yinchilarga yaqinlashib, savollar berardi, turli vaziyatlarni muhokama qilardi. Bu jamoaning o‘sishiga yordam beradi», — deya Militao so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.

Shu bilan birga, Militao Braziliya 1/16 finalda to‘qnash keladigan Yaponiya terma jamoasini kamsitmaslikka chaqirdi.

«Menimcha, Yaponiya o‘z tarixidagi eng yaxshi davrni boshdan kechirmoqda. U o‘z o‘yinini topdi, so‘nggi yillar davomida rivojlandi va buni hozirgi jahon chempionatida ko‘rsatmoqda. Juda ehtiyot bo‘lish kerak. Ularning o‘yinchilari yugurishdan hech qachon to‘xtashmaydi, har bir to‘p uchun kurashishadi va ajoyib taktik intizom bilan ajralib turishadi», — deya ta’kidladi futbolchi.

Braziliya va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:16, 26.06.2026.
O'qildi: 609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик