Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Tottenxem»da Tonalining bo‘lajak maoshi oshkor qilindi

«Tottenxem»da Tonalining bo‘lajak maoshi oshkor qilindi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonali Londonning «Tottenxem» klubiga o‘tgan taqdirda qancha ishlab topishi ma’lum bo‘ldi.

Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, «shporlar» Tonali bilan mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha kelishuvga erishishgan. Agar transfer amalga oshsa, italiyalik futbolchi bir mavsum uchun 12 million yevro maosh bilan 2032 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.

«Tottenxem» «Nyukasl» bilan kelishuvga erishishiga to‘liq ishonayotgani ta’kidlanmoqda. Futbolchining o‘zi ham jamoani tark etib, Roberto De Dzerbi qo‘l ostiga o‘tishni istamoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Tonali barcha turnirlarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:33, 26.06.2026.
O'qildi: 1071 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик