Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Kolumbiya terma jamoasi murabbiyi Ronaldu va Vitinya nima uchun Portugaliyada asosiy figuralar ekanligini tushuntirdi

Kolumbiya terma jamoasi murabbiyi Ronaldu va Vitinya nima uchun Portugaliyada asosiy figuralar ekanligini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Nestor Lorenso jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan o‘zaro o‘yinda (28 iyun) muvaffaqiyat qozonish uchun uning jamoasi Portugaliya futbolchilari Krishtianu Ronaldu va Vitinyaga qarshi qanday harakat qilishi kerakligi haqida gapirib berdi.

«Portugaliya — bu Krishtianu Ronaldu va boshqa barcha futbolchilarga qarshi juda ehtiyotkorlik bilan o‘ynash kerak bo‘lgan jamoa. Faqatgina bir o‘yinchiga bor e’tiborni qaratib bo‘lmaydi, aks holda ular seni boshqa tomondan aylanib o‘tishadi. Barcha futbolchilarga nisbatan diqqatli bo‘lish lozim, chunki ularning hammasi xavfli.

Vitinya ham, Ronaldu ham hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Biri o‘yinni nazorat qiladi va strategiyani belgilaydi, ikkinchisi esa hujumlarni yakunlaydi. Umid qilamizki, jamoamiz ularni to‘xtata oladi, ya’ni Vitinyaga to‘p bilan o‘zi xohlagandek ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi va Krishtianuning jarima maydonchasi ichida ko‘plab uzatmalarni qabul qilib olishiga to‘sqinlik qiladi», — deya Lorensoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda A Bola.

Kiritildi: 06:49, 27.06.2026.
O'qildi: 1095 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик