Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 1-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 0-0 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Vlaxovich «Barselona»ga shart qo‘ydi

Vlaxovich «Barselona»ga shart qo‘ydi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi serbiyalik markaziy hujumchisi Dushan Vlaxovich Kataloniyaning «Barselona» klubi qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Agar ispaniyalik Ferran Torres shu yozda klubini o‘zgartiradigan bo‘lsa, u «ko‘k-anorranglilar» tarkibida uning o‘rnini egallashi mumkin.

Mundo Deportivo nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Vlaxovich «Barselona»ga o‘z moliyaviy talablarini bildirgan. 26 yoshli hujumchi 15 million yevro miqdorida shartnoma imzolagani uchun bonus hamda yiliga taxminan sakkiz million yevro maosh olmoqchi.

Dushanning «keksa sinyora» bilan amaldagi mehnat shartnomasi joriy oyning oxirida (shu kunlarda) yakuniga yetadi.

2025/2026 yilgi mavsumda forvard «Yuventus» safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘nta gol va ikkita golli uzatma bilan mahsuldorlik ko‘rsatgan.

Kiritildi: 12:11, 28.06.2026.
O'qildi: 1872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик