Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Lam Nagelsmanni «Bavariya» futbolchisini Germaniya terma jamoasi asosiy tarkibidan chetlatishga chaqirdi

Lam Nagelsmanni «Bavariya» futbolchisini Germaniya terma jamoasi asosiy tarkibidan chetlatishga chaqirdi

Baho:
+2 | -

Germaniya terma jamoasining mashhur sobiq futbolchisi Filipp Lam JCH-2026da Germaniya terma jamoasi tarkibida o‘zgartirish qilishni taklif etdi. Sobiq himoyachi «Bavariya» yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovichning mundialdagi o‘yinlaridan norozi.

«Yarim himoya, ayniqsa, barqaror bo‘lmadi. Ochig‘ini aytsam, Pavlovich ushbu turnirda taassurot qoldirmayapti — men uning ijrosida juda ko‘p keraksiz to‘p yo‘qotishlarini payqadim. U pozisiyani eng yaxshi tarzda tanlay olmayapti. Men maydon markaziga ko‘p yillar davomida ham «Bavariya»da, ham terma jamoada yarim himoyada o‘ynagan Yozua Kimmixni o‘tkazgan bo‘lardim. U jamoaga barqarorlik bag‘ishlagan va Nmecha bilan juda yaxshi juftlik hosil qilgan bo‘lardi. Himoyaning o‘ng qanotiga esa Valdemar Antonni qo‘ygan bo‘lardim. Himoyada o‘ynash Kimmixga unchalik foyda keltirmayapti», — deya Lamning Kicker nashriga bergan intervyusidan so‘zlarini keltirmoqda.

29 iyun kuni Germaniya terma jamoasi JCH-2026ning 1/16 final uchrashuvida Paragvayga qarshi maydonga tushadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 01:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 12:40, 28.06.2026.
O'qildi: 1125 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик