Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

«Nyukasl» Nmechadan voz kechdi — sababi ma’lum

«Nyukasl» Nmechadan voz kechdi — sababi ma’lum

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Feliks Nmecha «Nyukasl»ga o‘tmaydigan bo‘ldi. Bu haqda The Chronicle nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, «Nyukasl» joriy yozda 25 yoshli yarim himoyachining transferini amalga oshirish ehtimolini butunlay rad etgan. «Qarg‘alar» bosh murabbiyi Eddi Xau ushbu futbolchining azaliy muxlisi hisoblanadi, biroq «Borussiya»ning moliyaviy talablari «Nyukasl» uchun haddan tashqari yuqorilik qildi.

Germaniya klubi Nmecha uchun deyarli 100 million yevro talab qilmoqda. Qayd etilishicha, xavbekning shartnomasida 80 million yevro miqdorida tovon puli ko‘rsatilgan, biroq ushbu band faqat 2027 yildan boshlab kuchga kiradi.

2025/26 yilgi mavsumda Nmecha barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:53, 28.06.2026.
O'qildi: 585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик