Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Rasman: Janubiy Koreya bosh murabbiyi iste’foga chiqdi

Rasman: Janubiy Koreya bosh murabbiyi iste’foga chiqdi

Baho:
+ | -

Janubiy Koreya terma jamoasi ustozi Xon Myon Bo jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatidan chiqib ketganidan keyin milliy terma jamoadagi boshqaruv postini tark etishga qaror qildi.

Koreyaliklar "A" guruhida uchinchi o‘rinni egallashdi. Xon Myon Bo shogirdlari Meksika va JAR terma jamoalariga imkoniyatni boy berishdi — har ikki uchrashuv ham 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlandi. Janubiy Koreya guruh bosqichining ilk turida Chexiya ustidan yagona g‘alabasini (2:1) qo‘lga kiritgan edi. Biroq bu natija 1/16 finalga yo‘l olish uchun yetarli bo‘lmadi.

«Koreya xalqidan chin qalbimdan uzur so‘rayman. Men terma jamoa bosh murabbiyligidan ketmoqdaman. Shunga qaramay, koreys futboliga bo‘lgan muhabbatimni yo‘qotganim yo‘q. Terma jamoamiz fuqarolarning ishonchi va sevgisini qayta qozonishi uchun unga chin dildan muxlislik qilib qolaman», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Yonhap axborot agentligi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan jahon chempionati 19 iyulga qadar davom etadi.

Kiritildi: 23:02, 28.06.2026.
O'qildi: 1422 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик