Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/07 20:00 Andijon 2-0 Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv 3-1 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

«Manchester Siti»ning sobiq himoyachisi faoliyatini yakunladi

«Manchester Siti»ning sobiq himoyachisi faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

Fransiyalik taniqli himoyachi Elyakim Mangalya professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 35 yoshli futbolchi o‘z qarori haqidagi xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida qoldirdi.

«Men turli mamlakatlarda o‘ynadim, juda ko‘p insonlarni uchratdim va yangi tillarni o‘rgandim. Bularning barchasi hayotimda ajoyib tajribaga aylandi. Omadim chopgan ekan», — dedi Mangalya o‘z faoliyati haqida gapirar ekan.

Himoyachi 2014–2019 yillarda «Manchester Siti» libosida ko‘rsatgan o‘yinlari orqali mashhurlikka erishgan edi. Mangalya «shaharliklar» tarkibida Angliya Premyer-ligasi chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, fransiyalik futbolchi faoliyati davomida Ispaniyaning «Valensiya», Portugaliyaning «Portu», Belgiyaning «Standard» va boshqa jamoalarda ham to‘p surishga ulgurgan. Mangalyaning oxirgi ish joyi Boliviyaning «Oriyente Petrolero» klubi bo‘ldi.

Kiritildi: 23:16, 28.06.2026.
O'qildi: 889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик