Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya 1-1 Misr
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Romario Mbappe haqida: «Uning asosiy vazifasi – gol urish, u «Real» va terma jamoada aynan shuni amalga oshirmoqda»

Romario Mbappe haqida: «Uning asosiy vazifasi – gol urish, u «Real» va terma jamoada aynan shuni amalga oshirmoqda»

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Romario Fransiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe bor e’tiborini raqib darvozasiga qaratishi lozimligi sababli himoyaga qaytib ishlashi shart emas deb hisoblaydi.

«Ochig‘ini aytganda, Mbappening asosiy vazifasi – gol urish. Men bir vaqtning o‘zida sakkiz nafar futbolchi bilan hujum qiladigan birorta ham jamoani bilmayman. Bunday jamoalar shunchaki mavjud emas.

Agar jamoada bir yo‘la sakkiz o‘yinchi hujumga o‘tmasa va himoyada yetti-sakkiz kishi qolsa, unda Mbappening albatta faol himoyalanishiga hech qanday zarurat ko‘rmayapman.

U jamoaga himoyada yordam berishi mumkin, ammo undan kutiladigan eng asosiy narsa – gollardir. U aynan shuni bajarmoqda: Fransiya terma jamoasida ham, «Real»da ham gol urmoqda.

Afsuski, yakunda «Real» titulni qo‘lga kirita olmadi. Men Mbappeni birinchi navbatda qanday gol urishni o‘ylashi kerak bo‘lgan hujumkor futbolchi sifatida qabul qilaman», – dedi Romario.

Kiritildi: 08:11, 29.06.2026.
O'qildi: 450 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик